Katta leytenant Murod Sodiqov Favqulodda vaziyatlar vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
Murod Sodiqov 1984-yilda Qozog‘istonning Jambul viloyatida tug‘ilgan. 2005—2009-yillarda O‘zbekiston davlat san’at institutini tamomlagan. 2004-yildan 2019-yilgacha O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining markaziy telekanallarida turli lavozimlarda ishlagan.
Oxirgi ikki yil davomida “O‘zbekiston 24” telekanalida teleboshlovchi va siyosiy sharhlovchi sifatida faoliyat olib borgan.
Izoh (0)