Daryo

Zimbabveda qog‘oz inqirozi. Fuqarolarning pasportlari uchun qog‘oz qolmagan

Minglab odamlar yuridik va bank operatsiyalarida ishtirok etish uchun o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatga ega emas, ularda xorijga chiqish imkoniyati ham yo‘q

1 daqiqa o‘qish26 275 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Kalahari Review

Zimbabveda davlat ixtiyorida pasportlar uchun gerbli qog‘oz qolmagani sabab hujjatni topshirish 2021-yilga qoldirildi. Bu haqda Regnum xabar berdi.

Foto: Kalahari Review

Zimbabveda pasport olish uchun davlat idorasiga murojaat qilgan fuqarolarga hujjat topshirishning eng yaqin vaqti 2021-yil ekani tushuntirilmoqda, pasportni tezkorlik bilan olishni istayotganlarning so‘rovlari soni 280 mingtaga yetdi. Mamlakat pasport xizmati xodimlari bir sutkada ko‘pi bilan 80 ta passport chop etish imkoniyati borligini bildirgan.

Minglab odamlar yuridik va bank operatsiyalarida ishtirok etish uchun o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatga ega emas, ularda xorijga chiqish imkoniyati ham yo‘q. Gerbli qog‘oz muammosi ayniqsa tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotganlarga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Biznesini rivojlantirish uchun xorijga chiqishni istaganlar ham noma’lum vaqt davomida safarga bora olmaydi.

Hukumat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat jiddiy iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda va valyutani sarflash chegaralab qo‘yilgan. Gerbli qog‘oz Zimbabveda ishlab chiqarilmaydi va xorijdan sotib olinadi. Mahsulot Zimbabvedagi import qilinuvchi asosiy tovarlar ro‘yxatiga kiritilmagan.

Avval Zimbabveda elektr energiya uchun narxlar ham deyarli uch baravar oshgandi. Hukumat ushbu qarorni Zimbabve milliy energiya bilan ta’minlovchi kompaniya (ZETDC) ishlab chiqarishni kengaytirishi va kunlik elektr energiyani to‘lig‘icha yetkazib berishi uchun qabul qilganini bildirgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar