AQShning Delaver shtatida istiqomat qiluvchi Rendi Bets farmatsevtika kompaniyasi vakili bo‘lib ishlaydi. U bo‘sh vaqtida toshbaqalarni parvarishlash bilan shug‘ullanadi. Ikki oy oldin Bets orqa panjalari deyarli ishlamaydigan toshbaqani boqib oldi, deb xabar beradi Meduza.
Xeliks ismli toshbaqa yaxshi harakatlana olmagan, ovqat yeyishi va boshqa toshbaqalar bilan muloqotida ham muammolar kuzatilgan. Xeliksni o‘ldirishni rejalashtirishgan, biroq ish jarayonida tez-tez orqa va bel jarohatlariga duch keladigan Betsda boshqa g‘oya paydo bo‘lgan. U Xeliksning muguz sovutiga fingerbordning g‘ildiraklarini qotirib qo‘ygan — va bu foyda bergan. Kichkina toshbaqa tezda harakatlanishni o‘rganib olgan va unda ovqat yeyish bo‘yicha muammo boshqa kuzatilmagan.
https://www.instagram.com/p/B1yeRRUhBRl/?utm_source=ig_embed&utm_campaign=dlfix
Bets maxsus xavfsiz yelimdan foydalanadi. G‘ildirakchalarni yechish kerak bo‘lganida toshbaqa sovutidagi yelimni ehtiyotkorlik bilan ko‘chiradi.
https://www.instagram.com/p/B2IbVHQBPmy/?utm_source=ig_embed&utm_campaign=dlfix
Avgust oyining o‘rtalarida mahalliy telekanallar uchun Xeliks haqida sujetli film ishlangan. Uning nomiga Instagram va Facebook’da sahifalar ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Hozirda Xeliksning ko‘plab muxlislari ham paydo bo‘lgan.
https://www.instagram.com/p/B2b_WToBE1k/?utm_source=ig_embed&utm_campaign=dlfix
Izoh (0)