Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani, Jizza qishlog‘ida yashovchi 75 yoshli otaxon qo‘shmachilikka qo‘l urdi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Kasbi tuman sudining 6 oylik hisobotiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Yig‘ilishda so‘z olgan sud raisi Maxfirat Ochilova kasbilik 75 yoshli E.H. 5 kun ichida qo‘shmachilik jinoyatini takroran sodir etganligi, shunday bo‘lsa-da, sud uning yoshini inobatga olib, qonuniy yengillik bergan holda eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlaganini ma’lum qildi.

Maxfirat Ochilovaga ko‘ra, tuman sudiga joriy yilning olti oyi mobaynida 75 nafar shaxsga nisbatan 47 ta ish kelib tushgan bo‘lib, shundan 44 nafar shaxsga nisbatan 36 ta ish ko‘rib chiqilgan. 30 nafar shaxsga nisbatan 23 ta ayblov hukmi chiqarilgan. 13 nafar shaxsga nisbatan ochilgan 12 ta ish ayblilik masalasi hal qilinmasdan tugatilgan. 1 ta ish tergov jarayoniga qaytarilgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, joriy yilning 6 oyi mobaynida sudlangan jami 30 nafar shaxsning 3 nafarini ilgari sudlangan shaxslar tashkil etgan bo‘lsa, 27 nafar fuqaroga nisbatan birinchi marotaba aylov hukmi e’lon qilingan.

— Jinoyat ishlari bo‘yicha Kasbi tuman sudi tomonidan 6 oy davomida ko‘rib chiqilgan ishlardan ma’lum bo‘lishicha, jinoyatchilarning 21 nafarini 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar tashkil etgan bo‘lsa, 2 nafari ayol kishi, — deydi sud raisi Maxfirat Ochilova. — Biroq sud insonparvarlik tamoyillariga amal qilgan holda ehtiyot chorasi sifatida qamoqda ushlab turilgan 2 nafar 30 yoshga to‘lmagan shaxsni sud zalidan ozodlikka chiqardi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi