Dubay hukmdori Muhammad bin Rashidning xotini malika Hayo qochib ketdi. O‘zi bilan deyarli 40 million dollarni olgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, u fevralning boshida qochib etgan.
Ba’zi taxminlarga ko‘ra, ayol 11 yoshli qizi va 7 yoshli o‘g‘li bilan Germaniyada berkinib yuribdi. U yerdan u boshpana so‘ragan. Yetib kelishi bilan ajrashish uchun ariza bergan. Pullarni esa “yangi hayot” qurishga sarflagan.
OAVning taxminiga ko‘ra, aynan mana shu oilaviy ajrim Germaniya va BAA o‘rtasidagi munosabatlar o‘zgarishiga olib kelgan. Ma’lum bo‘lishicha, Dubay hukmdori Germaniyadan barcha oila a’zolarini qaytarishini talab qilgan. Lekin Yevropaning ushbu davlati bunga quloq solmagan.
Izoh (0)