Daryo

Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi Atambayevni daxlsizlik huquqidan mahrum etishni ma’qulladi

Prokuratura parlament tomonidan sobiq prezidentga qarshi qaratilgan ayblovlarning bir qismini qo‘llab-quvvatlagan

1 daqiqa o‘qish58 869 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Sputnik

Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi mamlakatning sobiq prezidenti Atambayevni daxlsizlik huquqidan mahrum etish haqidagi parlament tashabbusini ma’qulladi. “Kommersant”ning yozishicha, bu haqda parlament kengashida bosh prokuror Otkurbek Jamshitov ma’lum qilgan.

Foto: Sputnik

“Bosh prokurorning Atambayevni daxlsizlikdan mahrum etish haqidagi iltimosnomasi parlamentga yuborilgan”, — degan Otkurbek Jamshitov.

Qayd etilishicha, prokuratura parlament tomonidan sobiq prezidentga qarshi qaratilgan ayblovlarning bir qismini qo‘llab-quvvatlagan. Xususan, Bosh prokuratura Atambayev hokimiyat uzurpatsiya qilinishi (qonunga xilof ravishda tortib olinishi), jurnalist va siyosiy  muxolifatlarning ta’qib qilinishiga bevosita aloqador ekanligiga oid dalillarni topgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar