• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandda tug‘uruqxonada bir kunda besh chaqaloq vafot etdi. Qiz tuqqan ayolga o‘g‘il bola jasadi berildi

    Ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida Samarqand shahridagi viloyat Perinatal markazida 2019-yilning 28-fevral kunidan 1-mart kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida 5 nafar chaqaloq o‘lganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Xabarda shuningdek, 28-fevral kuni mazkur markazda ko‘zi yorigan 21 yashar G.K.ning qiz deb aytilgan farzandi o‘lganidan so‘ng o‘g‘il bolaga almashib qolganligi ham bayon qilingan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Mazkur holat bo‘yicha “Daryo” muxbiri jurnalistik surishtiruv olib bordi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Samarqand viloyat perinatal markazi viloyat bo‘yicha asoratli tug‘ruq jarayonlarini amalga oshiradigan markaz hisoblanadi. 190 o‘ringa mo‘ljallangan markazning boshqa shahar va tuman tug‘ruqxonalaridan farqi shundaki, viloyatning barcha tuman va shaharlaridan eng og‘ir ahvolda bo‘lgan homilador ayollar keladi.

    – Voqea yuz bergan kunlari men Germaniyada o‘qishda edim, — deydi markaz direktori Lola Hamroyeva. – 2007-yilda tashkil etilgan perinatal markaz 190 ta koykaga mo‘ljallangan bo‘lib, 2018-yil davomida davolangan bemorlar soni 16388 tani tashkil qilgan bo‘lib, ularning qariyb 80 foizi qishloq tumanlaridan kelgan ayollarni tashkil etgan. Hozirda perinatal markazda koykalarning to‘lishi 133 foizga yetgan.

    Markazda joriy yilning 5 oyi davomida 3109 tug‘ruq sodir bo‘lib, 155 nafar chaqaloq o‘limi kuzatilgan. O‘lim holatlari 2018-yilning shu davriga nisbatan 80 taga kamaygan (2018-yil 235 nafar, 2019-yil 155 nafar).

    2019-yilning 28-fevral kuni soat 11:30 atrofida fuqaro G.K.ning tug‘ilgan chaqalog‘i oradan 6 soat o‘tgach, aniqrog‘i 17:40 atrofida vafot etgan. Chaqaloqning o‘limiga uni muddatidan avval (27 haftalik) tug‘ilgani va o‘pkasi yaxshi rivojlanmaganligi sabab qilib ko‘rsatilgan. Chaqaloqlarning qayd etish jurnalida ham, reanimatsiya jurnalida ham tug‘ilgan chaqaloqning jinsi o‘g‘il, vazni 1330 gram, bo‘yi esa 34 sm ekanligi qayd etilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Aynan ushbu voqelar sodir bo‘lgan kunlari direktor vazifasini bajargan perinatal markaz direktori o‘rinbosari Sanjar Suyarovning ta’kidlashicha, G.K. markazga 25-fevral kuni qabul qilingan. Bungacha u 19-fevral kuni Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filiali shoshilinch xirurgiya bo‘limida o‘tkir ko‘richak xuruji bilan narkoz ostida operatsiya qilingan.

    O‘rganish jarayonida hujjatlar tergovchida bo‘lganligi sababli kasallik tarixi bilan tanishishning imkoni bo‘lmadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Aslida 28-fevral kuni perinatal markazda yana 4 ta chaqaloq olamdan o‘tgan. Lekin ularning uch nafari 25-fevralda dunyoga kelgan. Faqat bittasi 26-fevralda tug‘ilgan. Shu kuni o‘lgan chaqaloqlarning barchasi turli patologik kasallik bilan muddatidan avval tug‘ilgan.

    Xususan, 1988-yilda tug‘ilgan Sh.E. 25-fevralda muddatidan avval 35 haftalik o‘g‘il jinsli chaqaloq tuqqan. Sh.E.ning ikkinchi tug‘rug‘i bo‘lgan chaqaloqning vazni 1900 gram, bo‘yi 42 sm bo‘lib, chaqaloq nafas buzilishi sindromi, nafas yetishmovchiligi og‘ir darajasi, tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    25-fevral kuni 1994-yilda tug‘ilgan M.M. muddatidan avval 38 haftalik qiz jinsli chaqaloqni dunyoga keltirgan. Chaqaloq 3160 gramm vazn va 50 sm bo‘yga ega bo‘lgan. M.M.ning uchinchi tug‘ruq farzandi bo‘lgan chaqaloq homila ichi pnevmoniyasi, markaziy nerv sistemasining perinatal zararlanishi, bosh miyaga qon quyilishi, DVS sindromi kasalligi bilan tug‘ilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shuningdek, 1990-yilda tug‘ilgan N.E. ham 25-fevralda muddatidan avval 34 haftalik o‘g‘il jinsli chaqaloq tug‘gan. N.E.ning to‘rtinchi tug‘ruqdagi chaqalog‘i 2000 gm, bo‘yi 43 sm bo‘lgan. Chaqaloq nafas buzilish sindromi, nafas yetishmovchiligi og‘ir darajasi bilan og‘rigan. 26-fevral kuni 2000-yilda tug‘ilgan S.H. muddatidan avval 30 haftalik o‘g‘il jinsli chaqaloq tuqqan. 1900 gramm vazn va 39 sm bo‘yga ega bo‘lgan chaqaloq ko‘plab tug‘ma nuqson (tug‘ma ixtioz, tug‘ma yurak nuqsoni) bilan tug‘ilgan. Shu kuni vafot etgan chaqaloqlarning 4 nafari o‘g‘il jinsli, biri qiz bo‘lgan.

    Markaz xodimlarining ta’kidlashicha, perinatal markazda nobud bo‘lgan chaqaloqlarning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan. Lekin G.K.ning yaqinlari chaqaloqning yorib ko‘rilishiga qarshilik qilib, rozilik bermagan. Aniqrog‘i nobud bo‘lgan chaqaloqni yorib ko‘rish o‘tkazilayotganida markazda janjal ko‘tarishgan. Natijada markaz xodimlari dalolatnoma tuzib, chaqaloq murdasi egalariga berib yuborilgan.

    Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati rahbari Shirin Normatovaning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi tomonidan o‘tkazilgan odam DNKsi ekspertizasining 2019-yil 31-maydagi 4250/12D-sonli xulosasiga ko‘ra, vafot etgan chaqaloq murdasidan olingan biologik namunalar ariza mualliflari G.K. va F.M.ning vafot etgan chaqaloqqa nisbatan biologik ota-onaligi tasdiqlanmaganligi aniqlangan.

    Kimlarningdir e’tiborsizligi tufayli chaqaloqning jinsi ota-onasiga noto‘g‘ri yetkazilgan Samarqanddagi perinatal markazda yana tushunarsiz holat yuz bermoqda. Shu kuni o‘lgan chaqaloqlarning to‘rt nafari o‘g‘il jinsli bo‘lgan, balki chaqaloqlar rostdan ham almashib qolgandir? Mazkur ishga huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘z so‘zini aytadi.

    Ayni paytda mazkur holat yuzasidan 2019-yil 4-iyun kuni Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 124-moddasi (Bolani almashtirib qo‘yish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Mavzuga doir: Sog‘liqni saqlash vazirligi: Samarqand viloyati perinatal markazida yuz bergan vaziyat yuzasidan xizmat surishtiruvi tayinlandi

    20.06.2019, 14:44   Izoh (0)   63400
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Soliq qo‘mitasi: Eng ko‘p qarzdorlik qurilish korxonalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda

    20.06.2019, 14:24

    O‘zbekistonlik merganlar Belarusda o‘tkaziladigan “ArMI—2019” musobaqasiga tayyorlanmoqda

    20.06.2019, 14:14

    Ishtixondagi namunali uylar atrofida yuzaga kelgan namunali bo‘lmagan holatlar (foto)

    20.06.2019, 14:02

    IIV Malaka oshirish institutiga yangi rahbar tayinlandi

    20.06.2019, 13:54

    Fransiya sobiq prezidenti korrupsiya ishi bo‘yicha sudga chaqiriladi

    20.06.2019, 13:36

    Sirdaryolik erkak rashk tufayli 21 yoshli ayolni o‘ldirdi

    20.06.2019, 13:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.