Daryo

Xitoyda taxminan 100 million yillik dinozavr izlari topildi

Mutaxassislarning taxminicha, bu topilma hozirgi Xitoy hududida qanday dinozavrlar turi yashagani va ularning evolyutsiyasini o‘rganishda yordam beradi

1 daqiqa o‘qish38 114 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: iStock

Amerika va xitoylik paleontologlarning hamkorlikdagi tadqiqot guruhi Hitoyning sharqiy provintsiyasi Szyansuda taxminan 100 million yoshda bo‘lgan to‘rtta dinozavrning toshga aylangan izlarini topdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: iStock

Qayd etilishicha, aniqlangan dinozavr izlari zauropodlar guruhi — Yer yuzida qachonlardir yashagan to‘rt oyoqli eng yirik o‘txo‘r dinozavrlar guruhiga mansub. Mutaxassislarning taxminicha, bu topilma hozirgi Xitoy hududida qanday dinozavrlar turi yashagani va ularning evolyutsiyasini o‘rganishda yordam beradi.

Tadqiqotda Xitoyning geofanlar universiteti, Kolorado universiteti va boshqa bir qator universitetlar paleontologlari ishtirok etgan.

Xabarda aytilishicha, hozirda olimlar kamyob topilma himoyasini ta’minlash maqsadida mahalliy hukumat bilan hamkorlik qilmoqda.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar