Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

GM Uzbekistan kompaniyasi uchta arzon (budjet) avtomobil modeli — ikkita sedan va bitta krossoverni chiqarishga tayyorlamoqda. Bu haqda, O‘zbekiston avtomobilsozlik tarmog‘idagi manbalarga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Taxminlarga ko‘ra, Chevrolet Onix sedani va Tracker krossoverining yangi avlodini o‘zlashtirish kutilmoqda. Uchinchi avtomobil modeli borasida General Motors bilan muzokaralar olib borilmoqda.

“Bu hali jahonda taqdimoti o‘tkazilmagan yangi avtomobillar bo‘ladi”, — deya ta’kidlagan internet-nashr manbasi. Qayd etish joiz, yangi Chevrolet Onix arzon sedani va Tracker’ning yangi avlodi 2019-yil yozida Xitoy bozorida taqdim etiladi.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Avvalroq GM Uzbekistan qiymati 10 va 15 ming dollar bo‘lgan arzon avtomobillarni chiqarish ustida ish olib borayotgani haqida xabar berilgan edi.

Kompaniya premium sinfga oid uchta model — Chevrolet Trailblazer, Equinox va Traverse’ni ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda. Bu uch avtomobilning bari yirik uzelli yig‘ish uslubida yig‘iladi.

Bundan tashqari, yangi arzon avtomobillar ishlab chiqarish uchun 500 million dollar evaziga ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, shuningdek, GM Powertrain Uzbekistan avtomobil dvigatellari zavodini modernizatsiyasi uchun 250 million dollar sarflash kutilmoqda. “Gazeta.uz” manbasining ma’lum qilishicha, bu mablag‘ ko‘p jihatdan yangi arzon avtomobillarni o‘zlashtirish uchun kerak.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan dori ishlab chiqardi
Dunyo
Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni tosh bilan o‘ldirib, jasadini bo‘laklab, muzlatkichda saqlagani aniqlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi rekord darajaga yetdi