Daryo

Avstriyada kansler Sebastyan Kurs va uning hukumati iste’foga chiqarildi

Sebastyan Kurs 2017-yil dekabrida, 31 yoshida Avstriya kansleri lavozimini egallagan va dunyodagi eng yosh hukumat rahbari bo‘lgandi

1 daqiqa o‘qish19 108 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: BBC

Avstriya parlamenti kansler Sebastyan Kurs va uning hukumatiga ishonchsizlik bildirdi hamda iste’foga jo‘natdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: BBC

Hukumatga ishonch masalasi muxolifat tomonidan vitse-kansler Xayns-Kristian Shtraxe “rossiyalik oligarxning qarindoshi” mojarosi tufayli iste’foga chiqqanidan so‘ng kun tartibiga qo‘yildi.

Avstriya prezidenti tomonidan vaqtinchalik kansler tayinlanadi. Parlamentga navbatdan tashqari saylovlar 2019-yil sentabrida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Sebastyan Kurs 2017-yil dekabrida, 31 yoshida Avstriya kansleri lavozimini egallagan va dunyodagi eng yosh hukumat rahbari bo‘lgandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.