Daryo

SpaceX global internet uchun orbitaga 60 ta sun’iy yo‘ldosh chiqardi

Ilon Mask sun’iy yo‘ldoshlar muvafaqiyatli ishga tushirilib, kosmik qurilmalar internetga ulanganini ma’lum qilgan

1 daqiqa o‘qish23 568 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

SpaceX kompaniyasi o‘zining Starlink yuqori tezlikdagi global internet dasturi doirasida 24-may kuni 60 ta sun’iy yo‘ldosh ortilgan Falcon 9 raketa tashuvchisini uchirdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: Reuters

SpaceX’ning Twitter’dagi sahifasida xabar berilishicha, barcha sun’iy yo‘ldoshlar muvafaqiyatli ishga tushirilgan. SpaceX asoschisi Ilon Mask kosmik qurilmalar internetga ulanganini ma’lum qilgan.

Falcon 9 raketasi orbitaga umumiy og‘irligi 18,5 tonna bo‘lgan yuk olib chiqdi. Bu ushbu raketa modeli ko‘targan eng og‘ir yukdir.

Kompaniya 2018-yilda Starlink dasturida ishtirok etuvchi ikkita sun’iy yo‘ldosh prototipini orbitaga chiqargan edi.

SpaceX orbitada sun’iy yo‘ldoshlar yordamida internet global qamrovi loyihalarini amalga oshiruvchi kompaniyalardan biridir. Bunday kompaniyalar qatoriga, shuningdek, OneWeb, Telesat, LeoSat va Amazon ham kiradi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar