Daryo

Superliga. “Navbahor” “Surxon”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

21-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 5-turida “Navbahor” klubi o‘z maydonida “Surxon” jamoasi bilan bahs olib bordi

1 daqiqa o‘qish39 802 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: PFL

21-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 5-turida Namanganning “Navbahor” klubi “Istiqlol” stadionida Termizning “Surxon” jamoasi bilan bahs olib bordi.

Foto: PFL

Uchrashuv davomida mezbon jamoa a’zolari Obid Jo‘raboyev (74), Azim Ahmedov (89), Aleksandr Kasyan (90) tomonidan kiritilgan gollar namanganliklarga g‘alaba keltirdi va jamoa muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Navbahor” 7 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Surxon” esa 8 ochko jamg‘argan holda 4-pog‘onada bormoqda.

Superliga

5-tur bahslari

21-aprel, yakshanba

“Navbahor”—“Surxon” 3:0

Gollar: 1:0 — 74 Jo‘raboyev, 2:0 — 89 Ahmedov, 3:0 — 90 Kasyan

“Navbahor”: Yusupov, Lukich, Jo‘raboyev, G‘ofurov, Mehmonov, O‘runov (G‘ulomov, 81), Ahmedov, Shaymanov (Tagayev, 57), Solovyov (Ibragimov, 86), Isroilov, Kasyan

“Surxon”: Omonov, Xojiakbarov, Berdimurodov, Bubanya, Stanoyevich, No‘monov, Salomov (Xursanov, 88), Ismoilov, G‘ofurov, Aliyev (Xoliqulov, 90), Hakimov (Yusupov, 78)

Ogohlantirishlar: G‘ofurov (5), Stanoyevich (20), O‘runov (51), No‘monov (56), Omonov (65), Ahmedov (69), Jo‘raboyev (84)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar