Daryo

Superliga. “Navbahor”ga mag‘lub bo‘lgan “Nasaf” “Andijon”ga ham yutqazdi

18-aprel, payshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 5-turida Qarshining “Nasaf” klubi “Andijon” maydoniga safar qildi

1 daqiqa o‘qish37 510 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: PFL

18-aprel, payshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 5-turining dastlabki uchrashuvida Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi Qarshining “Nasaf” klubi “Andijon” maydoniga safar qildi.

Foto: PFL

Bellashuvning 1-daqiqasidayoq mezbon jamoa yarim himoyachisi Shahzod Ubaydullayev Umidjon Ergashev darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 18-daqiqaga kelib qarshiliklar hujumchisi Humoyun Murtozayev hisobni tenglashtirdi (1:1). O‘yinning 40 hamda 57-daqiqalarida (penalti) andijonliklar hujumchisi Ro‘zimboy Ahmedov dublga erishdi (3:1). Shu tariqa “Nasaf” mehmonda kechgan bahsda “Andijon”ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi va ochko yo‘qotdi.

Ma’lumot uchun, mazkur bellashuvdan so‘ng andijonliklar 5 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Nasaf” esa 4 ochko jamg‘argan holda 12-o‘ringa tushib qoldi.

Superliga

5-tur bahsi

18-aprel, payshanba

“Andijon”—“Nasaf” 3:1

Gollar: 1:0 — 1 Shahzod Ubaydullayev, 1:1 — 18 Humoyun Murtozayev, 2:1 — 40 Ro‘zimboy Ahmedov, 3:1 — 57, penalti, Ro‘zimboy Ahmedov

“Andijon”: Vitaliy Mirniy, Boburjon Omonov, Oybek Qilichev, Farhod Bekmuratov (Asror G’ofurov, 60), Shahzod Ubaydullayev (Farhod Mirahmatov, 46), Abdulloh Olimov, Dilshod Rahmatullayev, Ildar Mamatkazin, Ro‘zimboy Ahmedov (Sardor Sulaymonov, 79), Abror Xusinov, Boburjon Akbarov

“Nasaf”: Umidjon Ergashev, G‘olib G‘aybullayev, Azizjon G‘aniyev (Husniddin Aliqulov, 63), Dilshod Saitov, Humoyun Murtozayev, Sharof Muhitdiov, Doniyor Narzullayev, Bobur Davlatov, Sardor Abduraimov (Islom Rashidxonov, 77), Xurshidbek Muxtorov, Umar Eshmurodov

Ogohlantirishlar: Azizjon G’aniyev (43), Umidjon Ergashev (54), Vitaliy Mirniy (88), Asror G‘ofurov (90+3)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar