Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Telegram TON (Telegram Open Network) blok-platformasi sinov versiyasiga dunyodagi cheklangan miqdordagi professional jamoalarga kirishga ruxsat berdi, deya xabar beradi “Spot”.

Foto: “Vedomosti”

Foto: “Vedomosti”

TON — Durov jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi blok-platforma. Telegram uning rivojlanishiga sarmoyadorlarning 1,7 milliard dollar sarmoyasini jalb qilgan. O‘shanda Telegram jamoasi TON Bitcoin va Ethereum blockcheynlardan tezroq operatsiyalarni amalga oshirishni hamda to‘lov tezligi bo‘yicha Visa va Mastercard bilan raqobatlasha olishini va’da qilgan.

Boshlangan test natijalari haqida gapirish juda erta, ammo “Vedomosti” manbasi “juda yuqori tranzaksiya tezligi”ni qayd etgan.

Tizimda kriptovalyuta sifatida Gram qo‘llaniladi. Telegram foydalanuvchilari dunyodagi eng keng tarqalgan kripto hamyonga aylanishi kerak bo‘lgan “Telegram-hamyon” ilovalari bilan integratsiya qilinishi va’da qilingan.

Yanvar oyida jamoa 10 dan ortiq yurisdiksiyada huquqiy masalalarni o‘rganib chiqqani hamda uni jahon miqyosida kengaytirish uchun Yaponiya, Xitoy va Buyuk Britaniyada kriptobirjalar bilan faol hamkorlik qilayotgani ma’lum qilingan. Birinchi savdolari Osiyoda boshlanishi mumkin va Yaponiya Gramning birinchi davlati bo‘lishi mumkin.

TON investorlari — Yuriy Milner, Roman Abramovich, Kleiner Perkins Caufiyeld & Bers, Benchmark va Sequoia Capital. Agar platforma 2019-yilning 31-oktabr kuni ishga tushirilmasa, investorlarga ularning pullari qaytariladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 5-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchi qizning ko‘zi jarohatlanishi ortidan maktab direktori ishdan bo‘shadi
Mahalliy
O‘zbekistonda mandarin narxi keskin pasaydi. Bunga nima sabab bo‘lmoqda?