Daryo

AQShda omborxona eshigini yillar davomida 100 ming dollarlik meteorit tirab turgan

Tahlillar bu 88% temir va 12% nikeldan tashkil topgan haqiqiy meteoritligini ko‘rsatgan

1 daqiqa o‘qish91 314 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Central Michigan University

Michigan shtatining fuqarosi 30 yil davomida unda saqlangan meteoritni baholash uchun mahalliy universitetga murojaat qilgan, deya xabar beradi National Geographic.

Foto: Central Michigan University

Ekspertiza natijasi kutilganidanda a’lo bo‘lgan. Markaziy Michigan universiteti geologi Mona Sirbesku 20 yildan ko‘proq vaqt mobaynida fuqarolar tomonidan topilgan meteoritlarni o‘rganadi. Aksariyat hollarda “kashfiyotlar” ilmiy qiziqish uyg‘otmagan. Mona ko‘p umidga berilmay, Grand-Rapids shahridan bo‘lgan Devid Mazurekning so‘roviga javob bergan, lekin bu safar hammasi boshqacha bo‘lib chiqqan.

Olim darhol uning oldidagi narsa oddiy tosh emasligini tushungan. “Bu hayotim davomida qo‘limda ushlagan eng qimmatbaho namuna”, — deydi u. Mona topilmani rentgen nurlari ostida o‘rganib, uni Smitson instituti laboratoriyasiga yuborgan. Tahlillar bu 88 foiz temir va 12 foiz nikeldan tashkil topgan haqiqiy meteoritligini ko‘rsatgan.

Meteorit qiziqarli tarixga ega. Mazurekning so‘zlariga ko‘ra, u 1988-yilda Edmor qishlog‘ida fermer xo‘jaligi sotib olgan. Fermaning sobiq egasi, orqa bog‘ga 1930-yillarda katta meteorit tushganini aytgan. U otasi bilan meteoritni qazib chiqargani va eshikni yopib turish uchun qoldirganligini so‘zlab bergan.

Fermaning yangi egasi keyinchalik Grand-Rapidsga ko‘chib o‘tgan va o‘zi bilan birga barcha mulkni, jumladan, osmon jismini ham olib ketgan. Yangi joyda ham u 10 kiloli toshni eshikni yopib turish uchun ishlatgan. Ammo odamlar meteoritlarning orqasidan pul topishini eshitib, u o‘zining namunasi qanchalik qimmatbaho ekanligini bilishga qaror qilgan.

Olimlarning fikricha, qimmatbaho topilma 100 ming dollarga sotilishi mumkin. Edmor meteoritining asosiy xaridori — Smitson institut hamda Men shtati universitetidir. O‘z navbatida, Mazurek olgan daromadidan 10 foizini xayriya qilishga va’da bergan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar