Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Manchester Yunayted” sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyo faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

56 yoshli portugaliyalik “Lion” yoki “Monako”da ishlashni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi L’Equipe.

Murabbiy va uning agenti Jorje Mendesh ushbu ma’lumotga hozircha izoh bermadi. Chunki ayni damda ikkala klub ham murabbiyga ega — Bryuno Jenezio va Leonardu Jardim.

Manbada aytilishicha, “Monako” varianti haqiqatdan yiroq, sababi Mourinyo hamda Jardimning agenti bitta.

Shu bilan birga “Lion” prezidenti Jan-Mishel Olas Jenezio o‘rniga boshqa nomzodlar bilan muzokara o‘tkazganicha yo‘q.  Ammo u 2010-yilda Klod Pyuelni tayinlashdan avval Mourinyoga taklif bilan chiqishni xohlaganini aytgandi.

Avvalroq Mourinyo Liga 1 o‘yinlariga tashrif buyurib, Fransiya chempionatida ishlashi mumkinligini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo 2018-yilning dekabr oyida “Manchester Yunayted” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgandi.

Uning qo‘l ostida jamoa 2016/17-yilgi mavsumda Angliya Liga Kubogi hamda Yevropa Ligasi kubogini yutgan, shuningdek, Angliya Superkubogiga ham ega chiqqan. “Yunayted” APLning 2016-2017-yilgi mavsumida 6-o‘rinni, 2017/18-yilgi mavsumda esa 2-o‘rinni egallagandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi
Turkmaniston
Turkmaniston Arqadag‘ shahri loyihasini BMT Bosh assambleyasida taqdim etadi
Dunyo
Fransiya prezidentini ijtimoiy tarmoqda haqorat qilgan ayol hibsga olindi