Daryo

Rossiyada suborbital sayyohlik parvozi uchun birinchi xususiy kosmodrom quriladi

“Kosmokurs” kompaniyasi uning qurilishiga 40 million dollar investitsiya kiritadi

1 daqiqa o‘qish24 866 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

Kosmik turizmni rivojlantirish bo‘yicha “Kosmokurs” kompaniyasi Nijniy Novgorod viloyatidagi birinchi xususiy kosmodrom yaqinida raketalarga yoqilg‘i quyish maqsadida spirt zavodi qurishni rejalashtirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Xabarda aytilishicha, har bir raketani uchirish uchun yonilg‘i sifatida taxminan 30 tonna spirt va oksidlovchi sifatida suyuq kislorod kerak bo‘ladi.

Rossiyada suborbital sayyohlik parvozi uchun birinchi xususiy kosmodrom 2025-yilda qurilishi rejalashtirilgan. “Kosmokurs” kompaniyasi uning qurilishiga 40 million dollar investitsiya kiritadi.

Kompaniya 250 ming dollarga teng 15 daqiqalik ekskursiya parvozlari uchun ko‘p martalik raketa va suborbital kosmik kemadan foydalanadi. Agar loyiha “Roskosmos” tomonidan ma’qullansa, sinovlar 2020-yildan boshlanadi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar