Daryo

Ilon Mask NASA’dan tenderda yutqazgani uchun izoh talab qildi

NASA missiya uchun ULA konsorsiumi tanlangan

1 daqiqa o‘qish58 865 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Depositphotos

SpaceX nega Maskning raketasi uch barobar arzon bo‘lsa ham, ilmiy missiya uchun raqibining raketasi tanlanganiga izoh talab qildi. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.

Foto: Depositphotos

Amerikalik milliarder Ilon Maskning “SpaceX” korporatsiyasi AQShda davlat mablag‘lari kosmik sohaga ayniqsa, kosmik apparatlarning ishlab chiqarilishiga qanday taqsimlanishi masalasida g‘ayritabiiy tortishuv boshlagan.

SpaceX’ning asosiy buyurtmachisi bo‘lgan NASA noma’lum sabablarga ko‘ra, sayyoralararo missiya uchun qimmatroq bo‘lsa ham boshqa raketani tanlagan.

Gap 2021-yil oktabrda amalga oshiriladigan Lucy missiyasi haqida ketmoqda. U Yupiterning Lucy troya asteroidini o‘rganishga qaratilgan.

31-yanvar kuni NASA raketalar uchun e’lon qilingan tenderda SpaceX’ning ko‘p yillik raqibi ULA konsorsiumi (Boeing va Lockheed Martin’ning qo‘shma korxonasi) g‘olib bo‘lganini e‘lon qilgan.

Foto: NASA

Missiyaning harajatlari jami 148,3 million dollar bo‘lishi kutilmoqda. Missiya davomida Atlas 5 401 raketasi fazoga uchiriladi.

NASA vakili Treysi Yang tender musobaqa asosida tashkil qilinganini aytgan. Ammo musobaqada nechta raketa qatnashganini ma’lum qilmagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar