Daryo

Fast fudning o‘limga olib boruvchi xavfi aniqlandi

Uning tarkibidagi yog‘ va shakar qonga infeksiya tushishiga sabab bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish119 972 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Scott Olson / Getty Images

AQShning Portlend universiteti tadqiqotchilari yog‘ va shakarga boy yeguliklar organizmda sepsis xavfini oshirishini aniqladi. Bu haqda Medical Xpress xabar berdi.

Foto: Getty Images

Sepsis (qonga kirgan zararli mikroblar tufayli butun organizmning zaharlanishi) o‘limga olib boruvchi sabablardan biri.

Sichqonlar ustida o‘tkazilgan tadqiqotda ratsion tarkibidan ozuqaviy elementlar kamaytirilib, yog‘ va uglevodlar ko‘paytirilgan. Ko‘p o‘tmay kemiruvchilarda surunkali yallig‘lanish kuchaygan, sepsisga moyillik ko‘paygan va to‘g‘ri oziqlanadigan hayvonlarga nisbatan umumiy o‘lim darajasi oshgan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar