Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning “Yandeks” internet-kompaniyasi original serial ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: Andrey Gordeyev/ “Vedomosti”

Foto: Andrey Gordeyev/ “Vedomosti”

Internet-kompaniya hozirda kinostudiyalar bilan faol muzokaralar olib bormoqda va ularga sakkiztadan o‘ntagacha teledastur buyurtma qilish niyatida.  Birinchi loyihalar 2020-yil boshlarida namoyish etiladi.

Hozirda ikkita loyiha bo‘yicha yakuniy kelishuvlarga erishilgan. Ularning birinchisi “Sreda” telekompaniyasining “Vazirlik” seriali. Unga Roman Volobuyev rejissorlik qilgan. Serial amaldorlar va korrupsiya muammolariga bag‘ishlangan. Ikkinchi serial esa Mars Media kompaniyasining “Vodoprovod” detektiv seriali. Andrey Stempkovskiy tomonidan suratga olinmoqda.

“Yandeks” kompaniyasi ushbu loyihani “Kinopoisk” bazasida o‘z onlayn kinoteatrini rivojlantirish hamda pullik abonentlar sonini ko‘paytirish uchun amalga oshirmoqda, deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya muxolifati Erdo‘g‘onni prezidentlik saylovlaridan chetlashtirishni talab qilmoqda
Dunyo
AQSH Ukrainadagi urush jinoyatlari bo‘yicha xalqaro tribunal yaratishni qo‘llab-quvvatladi
Mahalliy
Qashqadaryodagi perinatal markazda chaqaloq vafot etdi