Daryo

Pavel Durov Telegram Messenger kompaniyasi faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi

Kompaniya faoliyati to‘xtatilishining rasmiy sabablari ma’lum qilinmagan

1 daqiqa o‘qish115 306 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Facebook / Pavel Durov

Pavel Durov Roskomandzor reyestriga kiritilgan Telegram Messenger LLP kompaniyasi faoliyatini to‘xtatishga ariza berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: Facebook / Pavel Durov

Mazkur ariza Buyuk Britaniya yuridik shaxslari reyestrida 2018-yil 19-dekabrida qayd etilgan, reyestr saytida esa 2019-yil 4-yanvarda paydo bo‘ldi.

Kompaniya faoliyati to‘xtatilishining rasmiy sabablari ma’lum qilinmagan.

Durov o‘z guruhining yuridik tuzilishini oshkor etmaydi, biroq oldinroq u ushbu kompaniyani messenjerning asosiy yuridik vakili sifatida ko‘rsatgandi.

Ekspertlar mazkur qaror Rossiyada Telegram blokirovka qilinishi bilan bog‘liq emasligi, bunga kompaniya restrukturizatsiyasi sabab bo‘lishi mumkinligini bildirmoqda.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.