Daryo

Yangi iPad Pro samaradorlik bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Planshet 500 ming ochkodan yuqori natija yig‘gan birinchi iOS qurilma bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish15 732 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Korrespondent.net”

2018-yilda taqdim etilgan yangi iPad Pro plansheti samaradorlik sinovi jarayonida hayratlantiruvchi natijalarni ko‘rsatdi. U o‘zidan avvalgi talqindan ikki marta kuchliroq bo‘lib chiqdi. Gadjetning yuqori quvvatini A12X chipseti ta’minlaydi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Korrespondent.net”

Planshetning sinovi AnTuTu benchmarki tomonidan o‘tkazilgan. Yakunda planshet 500 ming ochkodan yuqori natija yig‘gan birinchi iOS qurilma bo‘ldi.

iPad Pro’ning eng yaqin raqobatchisi Kirin 980 chipsetiga va 300 ming ochkoga ega Huawei Mate 20 Pro hisoblanadi.

Apple tomonidan qayd etilishicha, samaradorlikning yuqori ko‘rsatkichlari energiya sarfida aks etmaydi. Natijalar samaradorlik tezkor xotira hajmiga bog‘liq emasligini ham ko‘rsatgan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar