Ijtimoiy tarmoqlarda chopon-do‘ppi kiyib, o‘zbek tilida qo‘shiq aytayotgan qora tanli bolaning videosi paydo bo‘ldi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Mazkur rolik o‘zbekistonliklarning qizg‘in muhokamasiga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik bundan hayratlanganini yashirmagan bo‘lsa, ayrim foydalanuvchilar favqulodda holatni ko‘rmayotganlari, Toshkentda ota-onalari sobiq Ittifoq davrida bu yerga kelib qolgan ko‘plab qora tanlilar borligini qayd etgan.
Aytgancha, videoda yigitcha “Yalla” guruhining “Toshkentim onam” qo‘shig‘ini ijro etayotgani aks etgan.
Izoh (0)