11-avgust kungi test sinovlarida 12 ta oliy ta’lim muassasasining 51 ta ta’lim yo‘nalishida 24 ming 259 nafar abituriyent ishtirok etdi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.
Turli sabablarga ko‘ra 670 nafar abituriyent imtihonlarga kelmadi.
Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 58 nafar abituriyent, shundan 33 nafari uyali telefon, shpargalkalar olib kirish va o‘zgani o‘rniga kirish, 25 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanish va boshqa abituriyentlarga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.
Imtihon natijalarini Davlat test markaziga qaytarish soat 18:30 dan boshlandi. So‘nggi materiallar Farg‘ona vodiysidan 2:00 da yetib keldi.
11-kungi avgust test natijalari 12-avgust kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazi saytida e’lon qilinadi.
Izoh (0)