O‘zbekiston musulmonlari idorasi muassisligida Muslim-tour sayyohlik firmasi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Bunday faoliyat olib borish uchun Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining litsenziyasi qo‘lga kiritildi. U kirish, chiqish va ichki turizm yo‘nalishlarida turizm faoliyatini amalga oshirish huquqini beradi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Muslim-tour sayyohlik firmasi respublikadagi qadamjo, ziyoratgoh va tabarruk maskanlarga mahalliy va xorijiy fuqarolarning keng ko‘lamdagi ziyoratlarini uyushtirish, ziyoratchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish va musulmon dunyosidagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.
Izoh (0)