27-iyun, payshanba kuni Prezidentning “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi, deb yozmoqda O‘zA.
Farmonga asosan “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslari tashkil qilinadi. Qurilish davlat-xususiy sheriklik asosida olib boriladi. Xususiy investorlar qurilish qiymatining kamida 70 foizini moliyalashtiradi.
Davlat dasturi ishtirokchisi bo‘lgan yosh tadbirkorlarga quriladigan komplekslarda mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga ruxsat beriladi. Yangi ish o‘rinlari umumiy sonining kamida 70 foizi yoshlar uchun ajratiladi.
Izoh (0)