20-iyun sanasida futbol bo‘yicha Rossiyada o‘tayotgan Jahon Chempionatining 2-tur o‘yinlari davom ettirildi.
Kun taqvimidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yin Osiyo qit’asi vakili Eron hamda mundial favoritlaridan biri Ispaniya terma jamoalari o‘rtasida kechdi.
Uchrashuv birinchi bo‘limi golsiz durang bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limning 54-daqiqasida o‘tgan turda dublga erishgan Diyego Kosta Andres Inyestaning uzatmasini golga aylantirdi. Mazkur gol o‘yin so‘ngiga qadar yagonaligicha qoldi.
Shu tariqa Ispaniya ham Portugaliya singari kichik hisobda g‘alaba qozonib, ochkolari sonini 4 taga yetkazib oldi.
Jahon Chempionati
“B” guruhi, 2-tur bellashuvi
20-iyun, chorshanba
Eron—Ispaniya 0:1
Gol: 0:1 — 54 Diyego Kosta.Eron: Beyranvand, Puraliganji, Hussayni, Rizoyan, Xadjsafi (Muhammadi, 69), Ezzatullohi, Ibrohimi, Amiri (Goddos, 86), Ansarifard (Jahonbaxsh, 74), Azmun, Taremi.
Ispaniya: De Xea, Pike, Alba, Karvaxal, Ramos, Buskets, Inyesta (Koke, 71), Isko, Vaskes (Asensio, 80), Silva, Diyego Kosta (Rodrigo, 89).
Ogohlantirishlar: Amiri (79), Ebraximi (90).
Izoh (0)