Daryo

Hindistonda avtobusning ag‘darilishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

Avtobus haydovchisi burilish vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yon tomonga ag‘darilgan

1 daqiqa o‘qish22 940 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatida avtobusning ag‘darilib ketishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, 20 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Mahalliy politsiyaga asoslanib xabar berishlaricha, 50 kishi Silda shahridagi yarmarkaga yetib olish uchun avtobusni ijaraga olgan.

Avtobus haydovchisi burilish vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yon tomonga ag‘darilgan. Hozirda jabrlanuvchilar kasalxonaga yotqizilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar