Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Suriyada halokatga uchragan Su-30SM qiruvchi samolyotning halokatdan avval dvigatel kuchi (tyaga) keskin pasayib ketgan. Bu haqda harbiy boshqarma organlar manbasiga tayanib, “Kommersant” xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Foto: “Gazeta.ru”

Foto: “Gazeta.ru”

Nashrga ko‘ra, muammo samolyot havoga ko‘tarilishi bilan yuzaga kelgan. Samolyot taxminan 200 metr balandlikka ko‘tarilganda, yana balandlash o‘rniga “boshini osiltirib mudray” boshlagan. Bu lahzada uchuvchilar katapulta qilib chiqishi mumkin edi, biroq ular samolyotni o‘nglash va Xmeymim aviabazasiga qaytishga uringan. Orqaga qaytishga urinishda qiruvchi samolyot pastlay boshlagan va oz vaqt ichida dengizga qulagan.

Hodisa surishtiruvi bilan maxsus boshqarmalararo komissiya shug‘ullanishi ma’lum qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ekologik ofat”: Kaxovka GES portlashining beshta dahshatli oqibati
Kino
“Odamlarga insoniyatni qirib yuboruvchi kometadan qaysidir mashhur xonandaning ishqiy munosabati qiziqroq…” — “Tepaga qaramang” filmi haqida
Dunyo
Shimoliy Koreyada o‘z joniga qasd qiluvchilar soni ko‘paymoqda