Yaqinda ochilishi kutilayotgan Istanbulning uchinchi aeroporti dunyodagi eng yirik havo qo‘nalg‘asiga aylanadi. Bu haqda “Ummet.kz” yozmoqda.
Turkiya transport vaziri Ahmad Arslonning so‘zlariga qaraganda, yangi aeroport 80 foizga tayyor bo‘lib, uning foydalanishga topshirilish sanasi ham aniqlangan.
“Istanbuldagi yangi aeroport 29-oktabr kuni prezident, bosh vazir va ko‘plab mehmonlar ishtirokida ochiladi. Otaturk nomli xalqaro aeroportdan uchadigan barcha reyslar 48 soat ichida unga ko‘chiriladi”, — ma’lum qildi u.
Xizmat xonalari va kutish zallarining umumiy maydoni 80 million metr kvadratni tashkil etadi. Aeroport xavfsizligi uchun unda 6000 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatiladi, tartib-intizomni esa 3500 nafar qo‘riqchi kuzatib turadi. Jami 225 ming ishchi o‘rni ochiladi. Qo‘nalg‘a bir paytning o‘zida 114 samolyotni qabul qila oladi.
Yangi aeroportdan jahonning 350 shahriga uchish mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)