Avstraliyaning Skyscanner portali ekspertlari Instagram foydalanuvchilari uchun eng chiroyli joylar reytingini tuzdi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.
Mutaxassislar qayd etishicha, bu joylar suratga tushish uchun eng mos bo‘lib, katta taassurotlar qoldiradi.
Ro‘yxat 15 ta pog‘onadan iborat bo‘lib, oltinchi o‘rinda Samarqand joylashgan.
Reyting quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Reykyavik, Islandiya;
- Kvinstaun, Yangi Zelandiya;
- Skay oroli, Shotlandiya;
- Baykal ko‘li, Rossiya;
- Annapurna, Nepal;
- Samarqand, O‘zbekiston;
- Giza va Luksor, Misr;
- Yelloustoun milliy bog‘i, AQSh;
- Langkavi, Malayziya;
- Machu-Pikchu, Peru;
- Kioto, Yaponiya;
- Guylin, Xitoy;
- Nandi, Fiji;
- Uluru, Avstraliya;
- Kilimanjaro, Tanzaniya.
Izoh (0)