Eng kuchli qurollangan kemalar kompleksi — “Tikonderoga”, AQSh
“Tikonderoga” kemalar kompleksi AQSh harbiy dengiz kuchlari tarkibida 1980-yildan beri harakat qiladi va uning asosiy zarba beruvchisi hisoblanadi. Bu tipda yaratilgan 27 ta kemadan 22 tasi hozirgi paytda harakatda hisoblanadi. Ekipaj tarkibiga 387 kishi kiradi.
Har bir kemaning suv sig‘imi 9800 tonnani tashkil qiladi va jangovar axborot boshqaruv tizimi bilan jihozlangan. Tizim asosiy texnik operatsiyalarni kema bortida avtomatlashtirishga imkon beradi.
Asosiy zarba beruvchi kuch turli raketalar uchun mo‘ljallangan 122 ta universal vertikal uchirish qutilari hisoblanadi.Eng katta — “Pyotr Velikiy”, Rossiya
Eng tezkor — “Atlant”, Rossiya
Eng himoyalangan — “Dering”, Buyuk Britaniya
Buyuk Britaniya flotidagi “Dering”lar eng zamonaviy va texnologik kemalari hisoblanadi. Har birining suv sig‘imi 8100 tonnani tashkil qiluvchi mazkur oltita kema taktik zarba beruvchi qurollarni olib yurmaydi. Ularning asosiy vazifasi mamlakat harbiy dengiz kuchlarini havodan keladigan xatarlardan himoya qilish hisoblanadi. Har bir kema havo hujumidan himoya tizimi bilan jihozlangan. Tizimning asosi S1850 radiolokatsiya tizimi bo‘lib, 400 kilometr masofadagi va yaqin kosmosdagi nishonlarni aniqlay oladi va bir vaqtning o‘zida 1000 ta nishonni kuzatishi mumkin.
Izoh (0)