Dushanbedagi Tursunov nomli avtodromda “Avtoxonim-2018” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Asia-Plus xabar berdi.
Tanlov Tojikistonda 8-mart kuni nishonlanadigan Onalar kuniga bag‘ishlandi.
Undan avtomobilni bezatish, yo‘l harakati qoidalari, avtodromda mashina haydash, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va targ‘ibot plakati taqdim etish kabi nominatsiyalar o‘rin oldi.
Tanlov g‘oliblari va qatnashchilari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Izoh (0)