Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivada shattl-bas (shuttle-bus) deb nomlanuvchi maxsus avtobuslar qatnashni boshlaydi. Bu Prezidentning “Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan, deb yozadi “Spot.uz”.
Avtobuslar xalqaro aeroportlarni temir yo‘l vokzali va avtovokzal bilan, shuningdek, yirik mehmonxonalar bilan bog‘lab turadi, qatnov aviareyslar jadvaliga qarab yo‘lga qo‘yiladi.
2018-yil marti oxirigacha davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida shattl-servisni ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbilar qabul qilinadi. Ayni paytda bu servis O‘zbekistonda mavjud emas.
Shattl-servis — asosan qisqa masofaga tez-tez reyslarni amalga oshirib turuvchi transport. Rivojlangan mamlakatlarda bu, odatda shahar va aeroportni bog‘lovchi avtobuslardir.
Izoh (0)