O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov Farg‘onaga tashrif buyurib, mahalliy futbol va uning bugungi holati bilan yaqindan tanishdi. Viloyat futbol federatsiyasiga tashrif buyurib, uning holati o‘rganilgach, mamlakat futboli rahbari shu yerning o‘zida anjuman tashkil qilishga qaror qildi.
Fotogalereya: Umid Ahmadjonov vodiyda. U hokim bilan uchrashib, Farg‘ona futboli kelajagi haqida suhbatlashdi
Anjumanda OAV vakillari ham ishtirok etdi. Shuningdek, Namangan hamda Andijon viloyati futbolining rahbariyati ham unda qatnashdi.Vodiy ahli futbolni juda sevadi. Bu yerda jonkuyar muxlislar ko‘p. Ularni va umuman xalqimizni xursand qilish uchun asdoydil mehnat qilishimiz kerak. Biz ko‘zi yonib turgan, futbol rivoji uchun halol ishlashga tayyor insonlarni ishga olishimiz lozim.Hozir “Oltin vodiy” dasturi bo‘yicha ish boshlanmoqda. Rejaga ko‘ra, bu yil O‘zbekistonda 1000 ga yaqin musobaqa o‘tkazamiz. Shulardan 600 tasi vodiy chekiga tushadi. Farg‘onaning o‘zida bolalar va o‘smirlar o‘rtasida 200 ga yaqin musobaqa o‘tkazmoqchimiz.
Shunday ekan, futbol maktablariga qabullar shaffof tarzda o‘tishi shart. Ularda bizning mas’ul xodimlar albatta ishtirok etadi. OAV ham qabul jarayonini keng yoritib borishi mumkin.
Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti
Tashkilot rahbarining qayd etib o‘tishicha, bundan buyon murabbiy va hakamlar malakasi oshib borishini O‘FFning o‘zi nazorat qiladi va bu borada mutaxassislardan yordamini ayamaydi.
Farg‘onada murabbiylar va hakamlarni tayyorlash masalasiga jiddiy yondashamiz. Endi O‘FF ularning saviyasini oshirish bo‘yicha seminarlarning barcha xarajatlarini qoplab beradi. Bu iste’dodi bo‘la turib, moliyaviy holati sabab litsenziya ololmay yurgan mutaxassislar uchun yaxshi imkoniyat.Tashkilot rahbari vodiyda futbol bayramlari uyutirish rejasi bor ekani haqida aytib, O‘zbekiston olimpiya termasi ishtirokidagi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlariga mintaqadagi stadionlar mezbonlik qilishi mumkinligiga alohida urg‘u bergan.Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti
Izoh (0)