Xelsinkida istiqomat qiluvchi fotosuratchi Yoaxim Myunter Finlyandiya o‘rmonlarida hayvonlarni suratga oladi, deb yozadi Travel Ask.
Bir qarashda jonivorlar qanday suratga tushishni biladigan “modellar” kabi ko‘rinadi. Qiziquvchan tulkidan tortib, ochko‘z olmaxongacha — barcha “modellar” obyektiv qarshisida o‘zini tamoman qulay his qiladi.
“Yovvoyi tabiatni tasvirga olishda asosiysi — hayvonlar ishonchiga erishish. Jonivorni ta’qib qilish muhim emas, deb o‘ylayman. Shunchaki vaqt ajratish va sabr qilish kerak, toki hayvonlar yoningizda o‘zini qulay his qilsin”, — deydi Myunter.
Izoh (0)