Facebook ijtimoiy tarmog‘ida foydalanuvchilardan biri xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari Alisher Sa’dullayevga maktablardagi “Bilimlar bellashuvlari” g‘irt ko‘zbo‘yamachilik, tarafkashlik, “gaplashish”, “kelishish” kabi holatlar asosida o‘tayotgani haqida murojaat qilgan, deb yozadi “Xalq so‘zi” gazetasi.
Yosh vazir o‘rinbosarining masalaga jiddiy yondashishiga, bunda uning yosh yigitligi, hali buzilib ulgurmagani va buzilmasligiga umid bildirilgan.
Ma’lum qilinishicha, “Bilimlar bellashuvi” fan olimpiadasida foydalanuvchining qiziga mutaxassislar Abdulla Qodiriydan har xil savollar berishgan.
“Zaynabdan, Otabekdan. Qizimning javobini eshitib, ulardan biri otangga rahmat debdi. Juda quvondim. Ammo farzandimning ko‘zida mung bor edi. Nima bo‘ldi desam, aytmadi. Keyin onasiga aytibdi. Adabiyotdan butunlay yiroq bittasiga yuqori baho qo‘yishibdi. Bu nima, bolani aldashmi? Shumi, Prezidentimizning ishonchini oqlash?”, — deb yozadi foydalanuvchi.
Izoh (0)