Daryo

Hindistonlik politsiyachi to‘rt nafar xizmatdoshini otib tashladi

Otishma oqibatida to‘rt politsiyachi halok bo‘ldi, bir nafari yaralandi

1 daqiqa o‘qish21 796 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Indian Express

Hindistonning Bijapur shahrida politsiyachi hamkasbi bilan janjaldan so‘ng unga qarata o‘t ochdi. Bu haqda, Indian Express nashriga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.

Foto: Indian Express

Otishma oqibatida to‘rt politsiyachi halok bo‘ldi, bir nafari yaralandi.

Voqea 9-dekabr kechasi politsiya uchastkasida ro‘y berdi. Ixtilofdan so‘ng politsiyachilardan biri avtomatni olib, idorada to‘plangan hamkasblarini o‘qqa tutdi. To‘rt kishi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

Hozir jinoyatchi qo‘lga olinib, so‘roq qilinmoqda.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar