Makiyaj bilan uxlash yaxshi g‘oya emasligini tushunish uchun dermatolog bo‘lish shart emas. Lekin siz o‘zingizni ishontirasiz: bir martagina shunday uxlasam hech narsa bo‘lmaydi. Aslida siz o‘zingizga o‘ylaganingizdan ko‘ra ko‘proq zarar yetkazasiz.

Foto: “Wmj.ru”

Teri hujayralariga putur yetkazasiz

Juda murakkab parvarish talab qilinmaydi — faqat makiyajni ketkizish, eski hujayralarni olib tashlash va balansni to‘g‘rilash uchun terini namlashingiz kerak bo‘ladi, aks holda teri hujayralari shikastlanadi.

Akne paydo bo‘ladi

Makiyaj tufayli terida yig‘ilib qolgan bakteriyalar, chang va yog‘lar ta’sirida husnbuzarlar paydo bo‘ladi. Hatto teringiz husnbuzar paydo bo‘lishiga moyil bo‘lmasa ham, siz qancha tez-tez yuvinmasdan uxlasangiz, kelgusida bunday muammolarning paydo bo‘lish ehtimoli shuncha ko‘proq bo‘ladi.

Ko‘pchilik meykap-mahsulotlar tarkibida teshikchalarni yopib qo‘yuvchi silikon mavjud. Teshikchalar yopilsa, teri notekis bo‘lib qoladi, natijada yallig‘lanish hosil bo‘ladi.

Tiklanish jarayoniga xalal berasiz

Siz uxlayotganingizda tana qaytadan tiklanadi. Bu teriga ham tegishli. Yuvilmagan makiyaj bu jarayonni buzadi. Agar sizning teringiz nafas olmasa — u qayta tiklanmaydi.

Teshikchalardagi yog‘lar to‘planib qoladi va ular albatta muammo tug‘diruvchi bakteriyalarga aylanadi. Bir kecha makiyajda uxlashdan keyin yana avvalgi holatni tiklash uchun bir hafta vaqt kerak bo‘ladi.

Teri xira tortib qoladi

Nur yog‘ilib turadigan chiroyli va silliq teri — hamma qizlarning orzusi. Yuzingiz terisi bunday bo‘lishi uchun siz xaylayterdan foydalanishingiz mumkin, lekin uni uxlashdan oldin yuvib tashlashni unutmang, aks holda mutlaqo teskari natijaga ega bo‘lasiz.

Teri — tanadagi hayotiy muhim vazifalarni bajaruvchi eng katta a’zo hisoblanadi: lipidlar yaralarni tuzatadi va haroratni tartibga solib turadi. Agar lipid qatlamining butunligi buzilsa, teri tez suvsizlanadi va xira tortib qoladi.

Manba: Cosmopolitan