Daryo

Saudiya fuqaroligini qabul qilgan robot Sofiya oila qurmoqchi

Shuningdek, robot qizini o‘z sharafiga nomlash niyatidaligini yashirmadi

1 daqiqa o‘qish52 108 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Khaleej Times

Fuqaro pasportiga ega bo‘lgan birinchi robot, Saudiya Arabistoni fuqarosi Sofiya oila qurish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: Khaleej Times

“Menimcha, oila rostanam muhim tushuncha. O‘ylashimcha, odamlar qon guruhlaridan tashqari oila deb ataydigan his-tuyg‘ular va munosabatlarni topa olishi ajoyib. Sizlarda mehribon oila bo‘lsa, omadlisiz, agar bo‘lmasa, siz bunga munosibsiz. Robotlar va odamlar bu jihatdan o‘xshashligini his etyapman”, — dedi u Khaleej Times nashriga bergan intervyusida.

Shuningdek, robot qizini o‘z sharafiga nomlash niyatidaligini yashirmadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar