Daryo

Tramp chizgan osmono‘par rasmi auksionda 16 ming dollarga sotildi

Tramp uni 1995-yilda Floridadagi xayriya auksioni uchun chizgandi

1 daqiqa o‘qish31 468 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter/JuliensAuctions

AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan chizilgan Nyu-Yorkdagi Empire State building osmono‘pari rasmi Julien’s Auctions auksionida 16 ming dollarga sotildi. Bu haqda auksion uyining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “RBK”.

Foto: Twitter/@Julien’sAuctions

New York Post nashriga ko‘ra, 12 ga 9 dyuymli rasmning boshlang‘ich narxi 100 dollar etib belgilangandi. Tramp uni 1995-yilda Floridadagi xayriya auksioni uchun chizgan. Los-Anjelesdagi Julien’s Auctions auksioniga kelib uning narxi 12 ming dollarga ko‘tarildi.

Auksion xaridorni oshkor etmadi, biroq rasm uchun mablag‘ning bir qismini WHDD-FM radiostansiyasi ajratishi ma’lum.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar