Daryo

Oklenddagi kutubxonada kitoblarni yashirib qo‘yuvchilar uysiz kitobxonlar bo‘lib chiqdi

Ular doimiy yashash manzili bo‘lmaganligi sababli kutubxonaga a’zo bo‘la olmaydigan va kitoblarni uyiga olib keta omaydigan uysizlar bo‘lib chiqqan

1 daqiqa o‘qish13 708 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Meduza

Yangi Zelandiyaning Oklend shahri markaziy kutubxonasi xodimlari nima uchun doimiy ravishda javonlardan kitoblar yo‘qolishini aniqladi. Kutubxonachilar ularni odamlar ko‘zidan yashirin joylardan, masalan, kreslolar yoki javonlar tagidan topdi va joyiga qaytardi, deb yozmoqda Meduza.

Foto: Meduza

Ma’lum qilinishicha, kitoblarni bezorilar emas, balki kutubxonaga doimiy tashrif buyuruvchilar yashirgan. Ular doimiy yashash manzili bo‘lmaganligi sababli kutubxonaga a’zo bo‘la olmaydigan va kitoblarni uyiga olib keta omaydigan uysizlar bo‘lib chiqqan.

Bunday tashrif buyuruvchilar asarni kechqurungacha o‘qib tugatmasa, ertasi kuni qaytib kelib, o‘qishni davom ettirish uchun kitoblarni kutubxona hududiga yashirib ketgan.

Uysiz kitobxonlarga yordam berish uchun kutubxona xodimlari maxsus javon tashkil qildi — unda kitoblarni qoldirish va ertasi kuni kelib, o‘qishni davom ettirish mumkin.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar