Daryo

OAV: Barselonadagi teraktda gumonlanayotgan shaxslar odamlarni garovga oldi

Vanguardia gazetasi Barselonadagi terakt aybdorlari turk restoraniga kirib olgani haqida xabar bergan

1 daqiqa o‘qish12 482 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

Barselonada mikroavtobus piyodalar ustiga bosib borganidan so‘ng restoranga bostirib kirgan ikki shaxs odamlarni garovda ushlab turgani taxmin qilinmoqda, deb yozmoqda “RIA Novosti” El Periodico nashriga tayangan holda.

Foto: “RIA Novosti”

Mavzuga doir: Barselonada furgon odamlar ustiga bosib bordi. Politsiya hodisani terakt deb baholadi

Avvalroq Vanguardia gazetasi Barselonadagi terakt aybdorlari turk restoraniga kirib olgani haqida xabar bergan.

Bu ma’lumot norasmiy, biroq uni politsiya xodimi bergan. Uning ma’lumotiga ko‘ra, ikki shaxs qurollangan.

Avvalroq hodisa joyidan qochib ketgan bir nafar haydovchi haqida xabar berilgan. Uni politsiya izlamoqda.

Ispaniya OAVlari bir yoki ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar bermoqda.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uch kishi halok bo‘lgan.

Mavzuga doir: Barselonadagi bozorlardan birida otishma yuz bergani ma’lum qilindi

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar