Yaponiyalik usta Toshixiko Xosaka qumdan haykallar yasashni 20 yil oldin, san’at maktabida o‘qib yurgan kezlarida boshlagan. Toshixikoning ishlari ko‘pchilik o‘rgangan qum haykallaridan sezilarli darajada farq qiladi. Usta qumdan shu qadar mahorat bilan foydalanib, murakkab shakllar yaratadiki, odamda bu yog‘och yoki plastik jismdan yaratilgandek tasavvur uyg‘otadi.
Toshixiko ishida mutlaqo toza qumdan foydalanadi. Bunda Xosaka yelim, tayyor shakllar yoki armatura tayanchlarni ishlatmaydi. Ish jarayonida foydalanadigan yagona elementi bu qotiruvchi sprey bo‘lib, u ham eng oxirida, hammasi tayyor bo‘lganida ishlatiladi.
2017-yilning may oyida Toshixiko Xalaqaro qum san’ati festivalida ishtirok etib birinchi o‘rinni qo‘lgan kiritdi. Shuningdek, u qum san’atiga doir o‘z ustachiligining sirlari bilan bo‘lishish maqsadida guruhlarga dars o‘tib ham turadi. “Fotoshedevri” nashri uning eng yaxshi qum haykallari suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Izoh (0)