Toshkent yaqinidagi tog‘da o‘tgan dam olish kunlari Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xavfsizlik xizmati rahbari paraplanda uchayotib, halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Fransiya elchixonasi “Daryo” nashriga bergan izohida o‘z xodimi, Fransiya fuqarosi Chimyonda halok bo‘lganini tasdiqladi.
Elchixona saytida yozilishicha, marhum mayor Fransis Deleg tezkor xavfsizlik xizmatining mintaqaviy rahbari bo‘lgan.
Elchixona xodimining jasadi hozircha Toshkentda bo‘lib, ayni paytda uni vataniga yetkazish masalasi muhokama qilinmoqda.
Izoh (0)