Daryo

O‘zbekistonda 25—27-may kunlari “Kitob bayrami” o‘tkaziladi

Tadbir kun tartibidan kitoblar taqdimoti, noshir va mualliflar bilan ijodiy uchrashuvlar, sovrinli intellektual viktorinalar o‘rin olgan

1 daqiqa o‘qish11 644 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan bir qator vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda 25—27-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahridagi G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida an’anaviy “Kitob bayrami” o‘tkaziladi. Bu haqda “Daryo”ga agentlik mutasaddilari ma’lum qildi.

Foto: O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi

Sayl tarzida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbir kun tartibidan kitoblar taqdimoti, noshir va mualliflar, kitob grafikasi rassomlari bilan ijodiy uchrashuvlar, mushoiralar va suhbatlar, sovrinli intellektual viktorinalar, shuningdek, “Kitobsevarlarni qutlaymiz!” nomli konsert dasturi o‘rin olgan.

26-may kuni “Kitob – millatning bebaho madaniy va ma’naviy merosi” mavzusidagi V ilmiy-amaliy konferensiya ham bo‘lib o‘tadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar