Daryo

Hindistonda bir ko‘zli “muqaddas” echki tug‘ildi

Echki Assam shtatidagi qishloqlardan birida dunyoga keldi

1 daqiqa o‘qish74 274 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: YouTube

Hindistondagi kichik bir qishloqda tug‘ilgan bir ko‘zli “siklop” echkini ko‘rish uchun odamlar suvday oqib kelmoqda. Bu g‘ayrioddiy nuqson kamdan-kam holllarda kuzatiladi, ammo echki tug‘ilganining birinchi kunlaridayoq halok bo‘lmagani chinakam mo‘jizadir, deb yozadi “National Geographic Rossiya”.

Kadr: YouTube

Echki Assam shtatidagi qishloqlardan birida dunyoga keldi. Uning egasi buni baraka belgisi sifatida qabul qildi va ko‘pchilik qo‘ni-qo‘shnilar uning fikiga qo‘shildi. Bir quloqli, bir ko‘zli, burni rivojlanmay qolgan va og‘zi deformatsiyaga uchragan mitti jonivor qishloqqa yuzlab ziyoratchilarni keltirgan mashhurlikka aylandi.

Siklopiya yoki siklotsefaliya (Cyclopia) — umurtqalilarda uchraydigan rivojlanish nuqsoni bo‘lib, bunda ko‘z soqqalari qisman yoki to‘liq bitishib ketgan va yuzning o‘rtasida joylashgan bo‘ladi. Nuqson embrion rivojining birinchi bosqichlaridanoq boshlanadi: miya ikki yarim sharga bo‘linmaydi va bu turdosh nuqsonlarni keltirib chiqaradi.

Bunday nuqson bilan bog‘liq boshqa mashhur hodisalar quyidagilardir: 2005-yili tug‘ilgan mushukcha va 2011-yili tug‘ilgan qora akula. Insonlarda bu nuqson milliondan bir holatda kuzatilishi mumkin.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar