Daryo

Dubayda mitti modellar ishtirokida podium bo‘lib o‘tadi

Ko‘rgazmaning maqsadi ideal go‘zallik haqidagi jamiyat tomonidan tan olingan stereotipni o‘zgartirish

1 daqiqa o‘qish169 856 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: UAE Insider

Mitti modellar ishtirokidagi noodatiy modalar ko‘rgazmasi 20-mayda Dubayda bo’lib o‘tadi. Bu haqda UAEInside ma’lum qildi.

Foto: UAEInside

Ko‘rgazmaning maqsadi ideal go‘zallik haqidagi jamiyat tomonidan tan olingan stereotipni o‘zgartirish va tahqirlashlardan aziyat chekayotgan kishilarga yordam berishdir.

Past bo‘yli modellar birinchi marta 2014-yilda Nyu-Yorkda podiumga chiqqan. Keyin Parij va Yaponiyadagi moda haftaligi doirasida o‘tkazilgan shoular muvaffaqiyatli o‘tgan. Navbatdagi shouni Dubay qabul qiladi.

Shou prodyuseri Reychel Benamuning so‘zlariga ko‘ra, past bo‘yli modellar ishtirokidagi moda namoyishi odamlarning go‘zallik haqidagi odatiy tasavvurlarini o‘zgartiradi va go‘zallikning ko‘rinishlari ko‘p ekanligini ko‘rsatadi.

Shou davomida dunyoning turli nuqtalaridan kelgan bo‘yining uzunligi 120 santimetrdan past bo‘lgan 15 nafar qiz ommaga mashhur amerikalik dizaynerlar ijodini namoyish etadi. Qiziqarlisi, modellarning bir nechtasi dubaylik hisoblandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar