Daryo

Rossiyaning “Librika” nashriyoti O‘zbekiston haqida maxsus kitob tayyorlamoqda

Nashr yozuvchisi va suratkashi o‘zbek madaniyati, urf-odati va turmush tarzining xilma-xilligini qamrab olish maqsadida Toshkent, Buxoro va Shahrisabzga ham tashrif buyuradi

1 daqiqa o‘qish22 332 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati

30-aprel kuni Rossiyaning yirik “Librika” nashriyotining ijodiy guruhi Samarqandga tashrif buyurdi. Ijodkorlar ikki kun davomida Samarqandning tarixiy obidalari, muqaddas qadamjolari va mustaqillik yillarida barpo etilgan bino va inshootlar hamda Siyob bozorida suratga olish ishlarini olib bordi, deb xabar beradi O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati

Ijodiy guruh Samarqand palovi, mashhur Samarqand noni va No‘xot sho‘rak taomining tayyorlanish jarayoniga alohida e’tibor qaratdi.

Ta’kidlash joizki, “Librika” nashriyoti o‘zining kitobida milliy oshxona, marosim va urf-odatlar, arxitektura yodgorliklarini yoritishni rejalashtirgan.

Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati
Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati
Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati
Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati
Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati

Nashr yozuvchisi va suratkashi o‘zbek madaniyati, urf-odati va turmush tarzining xilma-xilligini qamrab olish maqsadida Toshkent, Buxoro va Shahrisabzga ham tashrif buyuradi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar