Daryo

Apple iPhone sotuvi hajmi pasaygani, biroq foyda miqdori oshganini ma’lum qildi

Kompaniya ikkinchi chorakda 50,76 million iPhone sotdi, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 51,19 millionni tashkil etgandi

1 daqiqa o‘qish10 922 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

iPhone smartfonlarining ikkinchi chorakdagi sotuvi hajmi pasaydi. Apple hisobotlari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi “Kommersant”.

Foto: EPA

Kompaniya 50,76 million iPhone sotdi, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 51,19 millionni tashkil etgandi.

Shu bilan birga, kompaniya choraklik dividendlarni 10,5 foizga oshirdi. Biroq, investorlarga bu ta’sir qilmadi va Apple aksiyalari 1,9 foizga, 144,65 dollargacha pasaydi.

Apple foydasi 4,9 foizga, 11 milliard dollardan ko‘proqqa yetdi. Tushum esa 4,6 foizga ortib, 52,9 milliardni tashkil etdi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar